"Nasaf" - "Bunyodkor" uchrashuviga kelmoqchi bo'lgan muxlislar diqqatiga

Narzulla Saydullayev
8 avg 2018, 11:03
“Nasaf” Superliganing 21-tur uchrashuvini o'z maydonida “Bunyodkor” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 11 avgust shanba kuni soat 20:00da boshlanadi.

Ushbu o'yinni tomosha qilish qilish uchun “Markaziy”ga stadioniga kirish odatdagidan boshqacharoq bo'ladi.

O'zingizga ma'lum, ayni kunlarda stadion yonidagi Qarshi olimpiya zaxiralar kollejida davlat test sinovlari bo'lib o'tmoqda. Test sinovlari o'tkazilishi munosabati bilan stadion joylashgan shoh ko'chada transport va fuqarolarning harakatlanishi to'xtatilgan.



Shu munosabat bilan stadionga muxlislarning kirishi faqat Navoiy ko'chasi tomonidan, akademik licey va Qarshi shahar ichki ishlar bo'limi o'rtasidagi ko'chadan kiriladi. O'yin tugagandan so'ng ham chiqish shu joydan tashkil etiladi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun "Nasaf" klubi uzr so'raydi.

Shuningdek, “Nasaf” – “Bunyodkor” o'yiniga kirish hamma uchun tekin ekanligini eslatib o'tiladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz