

Bugun ertalab “Nasaf” professional futbol klubi rasmiy delegaciyasi va jamoa murabbiylari hamda futbolchilari Toshkentdan BAAning Sharja shahriga yo'l olishdi.
Jamoamiz delegaciyasi uch soatdan ko'proq parvozdan so'ng Sharja shahriga yetib borishadi va u yerdan Al-Ayn shahriga qarab yo'l olishadi. Al-Ayn shahridagi o'zlari uchun ajratilgan “Hili Rayhaan by Rotana Hotel” mehmonxonasiga borib joylashishadi.
Jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev “Al-Ayn” jamoasiga qarshi uchrashuvga 25 nafar futbolchini olib ketdi.
Eslatib o'tamiz, “Al-Ayn” – “Nasaf” uchrashuvi 3 may seshanba kuni bizning vaqt bilan soat 21:30da boshlanadi.



