"Nasaf" bilan o'yin paytida shifoxonaga olib ketilgan Muhammadievning oyog'i sindi

26 may 2019, 22:40
Superliga 10-tur doirasidagi "Nasaf" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvining birinchi bo'limida jarohat olgan Shuhrat Muhammadievning oyog'i singan.

Bu haqda klub shifokori Abror Pirriev saytimizga ma'lum qildi.

"Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvining 31 daqiqasida raqib jarima maydonchasi ichida to'p uchun kurashda "temiryo'lchilar" qanot himoyachisi Muhammadiev erga qaltis yiqilishi natijasida, o'ng oyoq kichik boldirining pastki uchdan bir qismini yopiq sinib, joyidan siljishi va ushbu tovonning yarim chiqishi tashxisi bilan jarohat oldi. Yani, futbolchining oyog'i singan. Zudlik bilan shifoxonaga yuborilgan futbolchi tibbiy tekshiruvdan o'tkazilgan va oyog'i gips qilindi, yani bog'lam qo'yilgan. 

Taxminlarga ko'ra, Muhammadiev taxminan 4 oy ichida mashg'ulotlarga qaytishi mumkin. Yani, futbolchi kamida oktyabr oyiga qadar safdan chiqqan.

Saytimiz va futbol muxlislari nomidan Shuhrat Muhammadievga mustahkam sog'lik tilab, tezroq yashil maydonga qaytishini tilaymiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia