"Nasaf": "Al Xidd"ga qarshi o'yin Toshkentda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
13 dek 2016, 14:39
OCHL-2017 saralashi doirasidagi "Nasaf" - "Al Xidd" uchrashuvi Qarshida o'tmaydi.

“Markaziy” stadionda rekonstrukciya ishlari davom etayotgani tufayli, ushbu uchrashuv 31 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. G'olib jamoa 7 fevral kuni safarda Saudiya Arabistonining “Al-Fateh” jamoasi bilan kuch sinashadi", - deb yozadi "Nasaf" klubining telegramdagi rasmiy kanali.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia