"Nasaf" 5 futbolchini ijaraga berdi va 4 futbolchi bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
13 iyul 2023, 14:09
Qarshi klubidagi transfer oynasi vaqtidagi o'zgarishlar haqida.

"O'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan jamoamizda davralar oralig'ida o'zgarishlar bo'layotganidan xabaringiz bor.

Yozgi transfer oynasi vaqtida hozircha jamoamizga gruziyalik Jaba Jigauri kelib qo'shildi. 

O'yin amaliyotini saqlab qolish uchun Aziz Xolmurodov va Nodirbek Mukarov Yaypanning "Turon" jamoasiga, Shahzod Akramov va Javohir O'tamurodov "Olimpik" jamoasiga, Mahmud Jo'raboev "Buxoro" jamoasiga mavsum so'ngiga qadar ijaraga berildi. 

Shohmalik Komilov, Sardor Sadullaev, Azamat Soyibov va Muhammadjon Rahimov klub bilan kelishgan holda shartnomani bekor qilishdi va jamoani tark etishdi", – deyiladi "Nasaf" matbuot xizmati bergan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати