"Napoli"ning braziliyalik futbolchisi yozda jamoadan ketmoqchi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2020
Allan mavsum oxirida klubdan kyetishni rejalashtirmoqda.

Yarim himoyachi yozgi transfer oynasida "Napoli"ni tark etmoqchi. Braziliyalik xavbek o'zining klubdagi hozirgi holatidan norozi, chunki Jennaro Gattuzo kelganidan keyin u jamoadagi o'rnini yo'qotdi.

Futbolchining klub bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2023 yil iyuniga qadar mo'ljallangan. 

Allan 2015 yildan beri "Napoli" a'zosi sanaladi. Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi 24 ta o'yin o'tkazib, bitta gol va bitta assist qayd etdi.

Avvalroq, "Everton" Allanni sotib olishga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato