"Napoli" Ronaldu bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgani yo'q

Sherzod Nurmatov
27 okt 2022, 15:59
"Napoli" sport direktori lavozimini egallab turgan futbol funkcioneri Kristiano Juntoli qishki transfer oynasida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Ronaldu yanvarda transfer qilinadimi? Klubimiz hech qanday shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti. Biz hech narsani o'zgartirmoqchi emasmiz. Jamoa ajoyib futbol namoyish etmoqda, shuning uchun yangi o'yinchilarni taklif qilishdan mano ko'rmayapmiz", – dedi Juntoli.

Oldinroq Ronaldu qishda "Manchester Yunayted"ni tark etishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. 37 yoshli hujumchi yana Turinning "Yuventus" jamoasida o'ynashni istaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: DAZN