“Napoli” Reynaning transfer huquqini 5 million evroga sotib olishi mumkin

10 dek 2013, 09:57
“Napoli”da ijara asosida to'p surib kelayotgan “Liverpul” klubi darvozaboni Xose Reyna, to'liq neapolitanliklar tarkibiga o'tishi mumkin.

31 yoshli darvozabonning transfer huquqini sotib olish 5 million evroni tashkil etadi, deb xabar beradi Marca.

Avval berilgan xabarlarda Reynaga “Barselona”, “Arsenal”, “Inter” va “Atletiko” klublari qiziqayotgani aytilgan edi.

Reynaning o'zi esa vataniga qaytib, faoliyatini “Barselona” yoki “Atletiko”da davom ettirishga qarshi emas.


Manba: sports.ru