"Napoli" Osimxenni 140 mln. evroga sotmadi. Xaridor kim?

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2023
"Napoli" Viktor Osimxen bo'yicha ikkita taklifga rad javobini berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi uchun katta mablag' taklif qilgan Saudiya Arabistoni klubi - "Al Hilol". Ular Osimxen borasida "Napoli"ga ikkita taklif yuborishgan. Biri 120 mln, ikkinchisi 140 mln. evrolik.

"Napoli" ikkala taklifni rad etdi, chunki hujumchi transferidan ko'proq pul ishlab olmoqchi. "Al Hilol" tez orada yana taklif yuborishni reja qilyapti.

Oldinroq, "Napoli" o'z forvardini 200 mln. evroga sotmoqchiligi e'lon qilingandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Équipe