"Napoli" Osimxenga rekord maosh taklif qildi

Mirjalol Normatov
13 dek 2023, 00:26
"Napoli" rahbariyati hujumchi Viktor Osimxenning tarkibda qolishini istaydi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, neapolliklar futbolchisi uchun 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma taklif qilgan, unda yillik maosh 10 million evro qilib ko'rsatiladi. Bunday holatda nigeriyalik futbolchi ayni damda A Seriyada eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.

Tomonlar shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Amaldagi kelishuv esa 2025 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira