

“Inter” vakillari Mauro Ikardi bo'yicha “Napoli”ning taklifini qabul qildi. “Napoli” argentinalik hujumchi uchun 65 mln evro to'laydi. Bundan tashqari “Inter” ma'lum miqdorda bonuslarga ham ega bo'lishi ko'zda tutilgan. Ammo bonuslar miqdori ochiqlanmagan.
Avvalroq Ikardining o'zi “Inter”dan faqat “Yuventus”ni deb tark etishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi.



