

Gap shundaki, "Napoli" hujumchisi Irving Losano faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi ehtimoli yo'q emas. SportMediaset ma'lumotlariga ko'ra, "qizil iblislar" 27 yoshli meksikalikka qiziqish bildirmoqda. Uning nepolliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi. Klub shartnoma muddati yakuniga yetishini kutadimi yoki transfer qiladi, bu borada tez orada qaror qabul qilishi kerak bo'ladi.
2019 yildan beri "Napoli" sharafini himoya qilib kelayotgan Losano hozirga vaqtgacha 86 uchrashuvda 20dan ortiq gol urdi.



