"Napoli" futbolchisi tekinga London klubiga o'tishi mumkin

Alisher
15 noya 2019, 14:24
"Napoli" futbolchisi Elseid Xyusay kelasi yozda "Chelsi"ga o'tishi mumkin.

25 yoshli albaniyalik o'yinchi kelasi yil erkin agentga aylanadi. Shu sababli "aristokratlar" ushbu futbolchini o'z safiga qo'shib olishga jiddiy bel bog'lagan.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" yozda Xyusay uchun 43 million funt taklif etgan edi, ammo neapolliklar o'ng qanot himoyachini sotishdan bosh tortishgandi.

Xyusay joriy mavsum A Seriya doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun