"Napoli" yetakchisi bilan shartnoma borasida kelisha olmayapti

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 18:27
Forvardning shartnomasi yozda yakuniga etadi.

"Napoli" va Dres Mertens o'rtasida bo'layotgan muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Klub xo'jayini Aurelio De Laurentis jamoaning eng yaxshi futbolchilaridan biri bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti. Mertens futbolchilardan olinayotgan jarimalar xayriya yo'llariga ishlatilishi kerakligini talab qilgan, biroq prezidentga bu maqul kelmagan.

Shuningdek, tomonlar maoshni ham kelisha olishmagan. Shu boisdan 32 yoshli Mertens yozda boshqa jamoaga o'tishi aniqlashmoqda. Uning xizmatlariga "Inter", "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" kabi klublardan qiziqishlar bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport