"Napoli" Dris Mertens bilan shartnomani uzaytiradi
Aslanov Jasurbek
17 noya 2015, 15:18
Neapolliklar yarim himoyachi Dris Mertens bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib boyapti, deydi "Napoli" sport direktori Kristiano Juntoli.
"Shartnomani uzaytirish bo'yicha hech qanday muammo bo'lmaydi deb ishonaman. Biz futbolchini klubda olib qolmoqchimiz, u “Napoli”da qolishni istayapti. Xozir yangi kelishuv borasida ish olib boryapmiz” - dedi Juntoli.