"Napoli" De Bryuynega qancha maosh berishga tayyorligi ma'lum

Sherzod Nurmatov
13 may 2025, 12:48
"Napoli" tez orada "Manchester Siti"ning belgiyalik yarim himoyachisi Kevin De Bryuynega shartnoma taklifining birinchi loyihasini yuboradi, deb xabar berdi jurnalist Sasha Tavoleri.

"Yiliga taxminan 7 million evro to'lanadi. Shartnoma "2+1" ko'rinishida bo'ladi. De Bryuyne shartnomasining uchinchi yili kafolatlanishini istardi", – deya qo'shimcha qildi insayder.

De Bryuyne 2015 yildan buyon "Manchester Siti"da o'ynab kelmoqda. Kevin "shaharliklar"ga o'tishdan oldin Belgiyaning "Genk", Londonning "Chelsi" hamda Germaniyaning "Verder" va "Volfsburg" klublarida o'ynagan.

Xavbek ingliz grandi tarkibida 16 ta titulni qo'lga kiritdi, ulardan biri 2022/2023 yilgi mavsumdagi Chempionlar Ligasi sovrini hisoblanadi.

Avvalroq tajribali xavbek "Napoli"ga o'tishga rozi ekanligi ma'lum bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/sachatavolieri