"Napoli" Azmunning o'rniga Kokorinni xarid qilishi mumkin

Alisher
25 apr 2020, 13:55
"Sochi"da ijara asosida o'ynayotgan "Zenit" hujumchisi Aleksandr Kokorin "Napoli" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Neapolliklar hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida Kokorin variantini o'rganishmoqda va klub uni yozgi transferlar oynasida o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Bu haqda metaratings.ru sayti xabar berdi.

"Napoli"ning short-listida yana bir "Zenit" hujumchisi Syerdar Azmun ham bor. Oldinroq ma'lum bo'lganidek neapolliklar eronlik hujumchining agentlari bilan bog'lanishgan.

Koronavirus epidemiyasi tufayli sodir bo'layotgan iqtisodiy inqiroz sabab klub Kokorinni Azmundan afzal ko'rishi mumkin. "Zenit" Azmun uchun 35-50 million evro talab qilsa, Kokorin "Napoli"ga erkin agent sifatida o'tishi mumkin. Uning "Zenit" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning yozida yakunlanadi.


Manba: metaratings.ru

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif