"Napoli" Azmun uchun eng qimmat futbolchisini sotib yubormoqchi. Nega?

Alisher
27 apr 2020, 17:10
"Napoli" "Zenit" forvardi Syerdar Azmun bilan shartnoma imzolash imkoniyatini qo'ldan boy bermoqchi emas.

Neapolliklar eronlik futbolchi uchun o'zining eng qimmat futbolchisini sotib yuborishga tayyor.

Italiyaliklar bu orqali Yevropa Ittifoqi pasportiga ega bo'lmagan futbolchi uchun o'rin ajratishmoqda. Shunday qilib jamoani meksikalik Losano tark etishi mumkin.

Agar Azmun bilan muzokaralar muvaffaqiyatli o'tsa, "Napoli" yarim himoyachi Irving Losano bilan xayrlashadi. Neapol klubi uni PSVdan 38 million evro evaziga xarid qilgan edi. Ammo, u yangi jamoasida o'zini yaxshi ko'rsata olmayapti.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it