"Napoli" - 2017 yil mehmonda mag'lub bo'lmagan yagona jamoa

Aslanov Jasurbek
30 dek 2017, 12:43
"Napoli" Yevropaning kuchli besh chempionat jamoalari orasida 2017 yil mehmonda mag'lub bo'lmagan yagona klubga aylandi.

Yilning so'nggi bahsida neapolliklar "Krotone"ni mag'lub etishdi.

"Napoli"ning bu g'alabasi yakunlanayotgan yil A Seriyadagi 18-muvaffaqiyati bo'ldi. Neapolliklar so'nggi marta 2016 yilning 29 oktyabrida Turinda "Yuventus"ga mag'lub bo'lgan edi.

Shu bilan birga, "Napoli" chempionatning birinchi yarmida 48 ochko yig'ib, klub rekordini yangiladi - bu jamoaning 1987/88 mavsumdan keyingi eng yaxshi natijasi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com