Nagelsmann: "Hozircha bu "Bavariya"ning mavsumdagi eng yaxshi o'yini"

Mirjalol Normatov
29 avg 2021, 10:27
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Gerta"ga qarshi bahs yakunlari haqida gapirdi.

"O'yindan mamnunman. Hozircha bu mavsumdagi eng yaxshi o'yinimiz. Boshida o'yinga kirishib ketishimiz uchun vaqt kerak bo'ldi. Biroz o'tib, yaxshi harakat qila boshladik.

"Keln"ga qarshi o'yinga qaraganda bugun to'p bilan yaxshiroq harakatlandik. O'yin tuzilishi, kontrpressinglarimiz yaxshi ekanligini, to'pni olib qo'ya olishimizni ko'rsatdik va ko'plab vaziyatlar yaratdik. Bu adolatli g'alaba", - dedi Nagelsmann.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild