Nagelsmann YCHL rekordini o'rnatdi

20 fev 2020, 08:40
“Leyptsig” YCHL 1/8 finalining ilk bellashuvida “Tottenxem”ni safarda 1:0 hisobida engdi.

“Leyptsig” bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann esa YCHL rekordini o'rnatdi. U Chempionlar Ligasi pley-offida ishtirok etgan eng yosh murabbiy (32 yosh 211 kunlik) sifatida tarixga kirdi. Avvalgi rekord “Shalke-04” sobiq ustozi Domeniko Tedeskoga tegishli edi. U 1/8 finalda “Manchester Siti”ga qarshi jamoasini boshlab tushganda 33 yosh 161 kunlik bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta