

Uning ma'lumotlariga ko'ra, MYU Sandro Tonalini qo'lga kiritishga harakat qilmoqchi, lekin italiyalik futbolchi Italiyaga qaytmoqchi.
Jeykobsning ishonchi komilki, manchesterlik jamoa yozda chap qanot hujumchisini sotib oladi. Eng ustuvor maqsadlardan biri - "RB Leyptsig"dan Yan Diomande. MYU bu poziciyani kuchaytirish uchun katta pul sarflashi mumkin.
Bundan tashqari, "Yunayted" "Borussiya" Dortmund himoyachisi Yulian Ryuersonni kuzatmoqda. Klubga Elliot Anderson ham qiziq, ammo "Nottingem Forest" hali uning narxini belgilamagan va uni arzonga sotmoqchi emas.


