Myuller: "Kosta-Rikani 8:0 hisobida yuta olamiz"

Mirjalol Normatov
29 noya 2022, 21:36
Germaniya termasi futbolchisi Tomas Myuller Kosta-Rikaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

Ushbu termalar JCH-2022ning uchinchi turi doirasida to'qnash kelishadi. Ayni damda Ispaniya 4 ochko bilan guruh peshqadami bo'lib turibdi. Yaponiya va Kosta-Rika termalari 3 ochko bilan ikkinchi o'rinni bo'lishib turishgan bo'lishsa, Germaniya hisobida 1 ochko bor. Bo'lajak bahsda 8:0 hisobidagi g'alaba Germaniya termasiga pley-offni kafolatlaydi.

"Albatta, guruhdagi ikkinchi o'yinni ham kuzatamiz. Biz bor voqelikka qarab vaziyatga moslashamiz. Bo'lajak bahsda o'z darajamizda o'ynab, g'alabaga erishishimiz kerak. Kosta-Rikani 8:0 hisobida yuta olamiz, biroq bu jahon chempionatida noreal. Qog'ozda Kosta-Rikadan kuchlimiz, ammo bu o'yinga ta’sir qilmaydi.

G'alaba qozonishni istaymiz, ammo shu bilan birgalikda raqibni hurmat qilamiz. Katta natijalarni aytishdan oldin kamtarlikni ham o'ylash kerak. Chunki Kosta-Rikaning Ispaniyaga 0:7 hisobidagi mag'lubiyati hozir hech nimani anglatmayapti.

Hozir barchada imkoniyat bor. Ushbu o'yinlardan keyin barcha o'z darajasini namoyish qilishga intiladi", - dedi Myuller.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal