Myuller: "Flik bizga nimanidir tushuntirishiga majbur emas"

Mirjalol Normatov
18 apr 2021, 11:55
Kecha "Bavariya" safarda "Volfsburg"ni mag'lub etdi.

Ushbu uchrashuvdan keyin myunxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik mavsum yakunidan so'ng jamoadan ketish istagi borligini ma'lum qildi. Murabbiyning mavsumdan keyin ketishiga "Bavariya" forvardi Tomas Myuller o'z fikrlarini bildirdi.

"Flik nima uchun bu qarorga kelganini aytgani yo'q. U bizga bir yarim yil davomida quvvat berdi. "Bavariya"da bosh murabbiy bo'lish uchun juda katta salohiyatga ega bo'lish kerak. Og'ir damlarda u bizga hamroh bo'ldi. Shu boisdan u bizga nima uchun ketayotganini tushuntirishga majbur emas", - dedi Myuller.

Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Xans-Diter Flik Germaniya termasini boshqarishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal