MYUda Vudvordning o'rnini kim egallashi ma'lum

Eldor Akmurzayev
21 dek 2021, 08:40
“Manchester Yunayted” vice-prezidenti Ed Vudvordning o'rnini kompaniya guruhi boshqaruv direktori Richard Arnold egallaydi.

Vudvord esa bir necha oy klubda qoladi va maslahatchi lavozimiga o'tkaziladi.

Arnoldning tayinlanishi “qizil iblislar” boshqaruv tizimida bir qator o'zgarishlarga olib kelishi kutilmoqda, ammo global restrukturizaciya bo'lmaydi.

Eslatib o'tamiz, Vudvord joriy yilning aprel oyida Manchester klubidan ketishini e'lon qilgan. U 2013 yildan beri hozirgi lavozimida ishlab kelayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports