

"Manchester Yunayted" "Old Trafford" tomidan suv o'tishini bartaraf etish niyatida.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, yozda MYU uy stadionida ta'mirlash ishlarini olib borishni reja qilgan. Drenaj tizimini yangilash ustuvor vazifaga aylanadi, bu suv tarnovlari tiqilib qolishi va tomda suv to'planib qolishining oldini olishga imkon beradi.
Bundan tashqari, "Old Trafford"da maydonni kapital ta'mirlash va UEFAning yangi qoidalariga moslashtirish maqsadida zaxira o'rindiqlarini yangilash rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, MYU hamon 100 000 tomoshabinga mo'ljallangan yangi stadion qurishni rejalashtirmoqda, biroq klub rahbariyati amaldagi arena barcha standartlarga javob berishiga ishonch hosil qilishni istaydi.



