

MYU rahbariyati Keynning transferi bo'yicha detallarni o'rgana boshlagan.
Ushbu transfer bosh murabbiy Erik ten Xagning asosiy maqsadi hisoblanadi. Angliya terma jamoasi hujumchisiga shuningdek "Bavariya" tomonidan qiziqish bor.
Avvalroq, "Tottenxem" direktorlar kengashi raisi Deniel Levi Keyn APL klublariga 100 million funtga sotilishi haqida ma'lum qilgandi.
Boshqa liga jamoalari uchun ushbu narx biroz kamroq bo'ladi.



