MYU Vilyarreal himoyachisi uchun 40 million evro to'laydi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2016, 08:50
Vilyarreal himoyachisi Erik Bayi faoliyatini Manchester Yunaytedda davom ettirishi mumkin.

As nashri xabariga ko'ra, muzokaralar ancha oxiriga yetib qolgan. MYU transfer narxi borasida kelishib olgan. Angliya klubi 22 yoshli ivuarlik futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan narx, 40 millionov evroga yaqin pul berishga tayyor. Ispaniyada Bayiga Barselona, Angliyada Lester qiziqib qolgandi.

Eslatib o'tamiz, bir yarim yil oldin Vilyarreal Bayini Espanoldan 5,2 million evroga sotib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com