MYU Varan bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolanganini e'lon qildi

Alisher
14 avg 2021, 16:48
"Manchester Yunayted" himoyachi Rafael Varan bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

"Real" sobiq o'yinchisi bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolandi. U 19-raqamni oldi.

"Yunayted" yangi o'yinchini "Lids"ga qarshi APL 1-tur doirasidagi "Old Trafford"dagi o'yinda namoyish etdi.

28 yoshli o'yinchining transferi iyulda e'lon qilingan edi. Xabarlarga ko'ra, MYU fransiyalik futbolchi uchun 50 mln evro atrofida to'lagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: manutd.com