“MYU” va “Monako” Felipe Luisga qiziqib qolishdi

Tolibjon Qosimov
13 fev 2014, 14:39
“Atletiko” klubining 28 yoshli himoyachisi Felipe Luis “Manchester Yunayted” va “Monako” klublari qiziqish doirasiga tushib qoldi, deb xabar beradi El Mundo Deportivo.

Yuqoridagi klublarning ikkisi ham braziliyalik futbolchi bilan muzokara olib borishga tayyor. O'yinchining taxminiy narxi 22 million evro deb baholanmoqda. Ayni paytda Felipening o'zi kelajagi xususida bir qarorga kelgani yo'q.

Ushbu mavsumda Felipe Luis Ispaniya chempionatining 19 ta o'yinida qatnashib ikkita golli to'p uzatishni amalga oshirishgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru