

Klub va yarim himoyachi shartnomani 2028 yilgacha uzaytirish borasida og'zaki kelishib olishdi. Tomonlar bazi detallarni aniqlashtirib olishsa bo'lgani.
Yangi shartnomada futbolchining maoshi ham oshadi. Shuningdek, keyinchalik o'yini o'sib borishiga qarab raqamlar o'zgarib boraveradi.
18 yoshli futbolchining shartnomasi uzaytirilgani haqida rasman yaqin haftalar ichida e'lon qilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Garnachoning amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.



