MYU ushbu hafta yana bir futbolchi borasida taklif yuboradi

Tolibjon Qosimov
2 iyul 2019, 13:14
"Manchester Yunayted" klubi "Nyukasl" yarim himoyachisi Shon Longstaffni sotib olmoqchi.

Mankunianliklar ushbu haftada 21 yoshli ingliz borasida taklif bilan chiqishlari kutilmoqda.

MYU Longstaff transferini yakshanbagacha rasmiylashtirmoqchi. Aynan o'sha kuni jamoa mavsumoldi turnega yo'l oladi.


"The Telegraph" ma'lumotiga ko'ra, futbolchi 25 million funtga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: telegraph.co.uk