

"Manchester Yunayted" APLning oxirgi uchta o'yinida faqat 1 ochko jamg'ardi.
Erik ten Xag shogirdlari 29-turda "Nyukasl"ga (2:0) mag'lub bo'lishdi. Undan oldin esa "Sautgempton" bilan nursiz durang qayd etilgandi. Avvalroq, "Liverpul"ga 7:0 hisobida imkoniyat boy berilgandi.
Manchesterliklar 2022 yilning aprel oyidan beri birinchi marta uchta o'yinda g'alaba qozona olishmadi.
Ma'lumot uchun, MYU keyingi uchrashuvni 5 aprel kuni "Brentford"ga qarshi o'tkazadi.



