MYU uchta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Bu ushbu mavsumdagi eng yomon ko'rsatkich

Administrator
3 apr 2023, 00:40
Klub oxirgi uchta uchrashuvda juda yomon o'ynamoqda.

"Manchester Yunayted" APLning oxirgi uchta o'yinida faqat 1 ochko jamg'ardi.

Erik ten Xag shogirdlari 29-turda "Nyukasl"ga (2:0) mag'lub bo'lishdi. Undan oldin esa "Sautgempton" bilan nursiz durang qayd etilgandi. Avvalroq, "Liverpul"ga 7:0 hisobida imkoniyat boy berilgandi.

Manchesterliklar 2022 yilning aprel oyidan beri birinchi marta uchta o'yinda g'alaba qozona olishmadi.

Ma'lumot uchun, MYU keyingi uchrashuvni 5 aprel kuni "Brentford"ga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Opta Sports