MYU uch nafar portugaliyalik uchun 300 million tayyorlamoqda

Mirjalol Normatov
24 mar 2019, 11:58
"Manchester Yunayted" Portugaliya futbolining uch nafar yulduzi bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Mirror" xabariga ko'ra, mankunianliklar "Benfika" futbolchilari Joau Felish va Ruben Diash, shuningdek, "Sporting"ning umidli yarim himoyachisi Brunu Fernandesh uchun 300 million to'lashga tayyor turishibdi.

"Qizil iblislar" ushbu futbolchilar uchun qattiq kurashishlariga to'g'ri keladi. Chunki ularga hozirda "Manchester Siti", "Barselona", "Yuventus" va "Real" kabi jamoalardan qiziqishlar bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror