MYU triosi Mane, Saloh va Firmino uchligidan o'zib ketdi

Eldor Akmurzayev
4 iyul 2020, 21:15
Biroz oldin, Angliya chempionati 33-turi doirasida gollarga boy o'tgan MYU – “Bornmut” bahsi (5:2) tugadi.

Uchrashuv davomida “qizil iblislar” a'zolari Markus Reshford va Antoni Marsyal bittadan golni o'z hisobiga yozdirgan bo'lsa, 18 yoshli Meyson Grinvud dublni rasmiylashtirdi. Mazkur uchlikning joriy mavsum barcha musobaqalardagi umumiy kiritgan to'plari soni 55taga etdi. Ular bu ko'rsatkich bo'yicha “Liverpul” triosi Sadio Mane, Muhammad Saloh hamda Roberto Firminodan (jami 51 gol) o'tib ketishdi.

APLda esa gollar bo'yicha yetakchilik hozircha mersisaydliklar uchligi tomonida – 40ga 38.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sportslens.com