MYU so'nggi 8 yil ichida 4-marta Yevropa ligasi pley-offida o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
28 okt 2022, 09:27
"Manchester Yunayted" Yevropa ligasi pley-offiga chiqdi.

Jamoa "Sherif"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng pley-off yo'llanmasini naqd qildi. Endi MYU aniq ikkinchi o'rindan pastga tushib kyetmaydi. 

So'ngi turda jamoa "Real Sosedad"ga qarshi o'yin o'tkazadi. 

Qayd etish lozimki, MYU so'nggi 8 yil ichida 4-marotaba Yevropa ligasining pley-offida o'ynaydi. 2020/21 yilgi mavsumda MYU finalgacha yetib borgan. 2016/17 yili esa musobaqada g'olib chiqqan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia