MYU sobiq futbolchisi Sky Sports televideniyasida ishlaydi

21 sen 2019, 19:20
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Roy Kin televideniyada ish faoliyatini boshlaydi.

48 yoshli irlandiyalik Sky Sports'da ekspert bo'lib faoliyat yuritadigan bo'ldi. Kin ertaga, yakshanba kunidan boshlab ishga kirishadi – u APL 6-turidan o'rin olgan ikki o'yin: "Vest Xem" - MYU va "Chelsi" - "Liverpul" o'rtasidagi bahslarni yoritib borishi kutilmoqda. 


O'xshash yangiliklar


Manba: skysports.com