MYU Sanchoning o'rniga "Sevilya" xavbekini sotib olmoqchi

2 okt 2020, 20:00
"Manchester Yunayted" hujumkor yarim himoyachi qidirishda davom etmoqda.

Bu haqda ESPN xabar tarqatdi. "Borussiya" yarim himoyachisi Jeydon Sanchoning transferi amalga oshmagach, "qizil iblislar" "Sevilya" futbolchisi Lukas Okamposni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

"Yunayted" vakillari argentinalikning "Sevilya"dagi holatini o'rgangan. Ispan klubi Okamposni 40 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor ekan.

Eslatib o'tamiz, La Liganing o'tgan mavsumida 33 o'yin o'tkazgan Okampos 14 gol va 4 ta samarali uzatmani amalga oshirgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN