MYU posbonini ikki klub ijaraga olmoqchi

Mirjalol Normatov
23 noya 2020, 16:28
"Manchester Yunayted" posboni Din Xendersonning oldida faoliyatini davom ettirishi uchun ikki variant bor.

"The Sun" xabariga ko'ra, 23 yoshli posbonning xizmatlariga "Lids" va "Brayton" kabi klublar tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Katta ehtimol bilan Din qishda boshqa jamoaga ijaraga beriladi.

Eslatib o'tamiz, Xenderson yaqindagina "qizil iblislar" bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagandi.

O'tgan mavsumni Din "Sheffild" tarkibida ijara asosida o'ynagan va APLning 36 o'yinida 30 gol o'tkazib yuborgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun