MYU Portugaliya terma jamoasi xavbekini xarid qilishga tayyor

Alisher
31 dek 2020, 12:25
"Benfika" yarim himoyachisi Jedson Fernandesh faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Manchester Yunayted" 20 yoshli xavbekka qiziqmoqda va uni qishki transferlar oynasida xarid qilishi mumkin.

"Qizil iblislar" Fernandesh uchun 34 million funt to'lashga tayyorlar.

Futbolchi joriy mavsum Portugaliya chempionatida 6ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Jedson Fernandesh 2018 yildan buyon Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports