MYU "Napoli"futbolchisini sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
9 noya 2022
"Manchester Yunayted" "Napoli"ning nigeriyalik hujumchisiga qiziqish bildirmoqda.

Gap Viktor Osimxen haqida ketmoqda.

Mankunianlar kelasi yilda sotib olish mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini tuzishmoqda. Osimxenga jamoaning maqsadlaridan biri sifatida qaralmoqda. Forvard "Napoli"gacha ham o'zini ko'rsatgani "Yunayted"ga yoqib tushgan. 2020 yilda "Napoli" 80 mln. evro evaziga futbolchini "Lill"dan sotib olgan edi. Osimxenning neapolliklar bilan kelishuvi 2025 yilda yakuniga etadi.

Forvard joriy mavsum "Napoli" safida barcha turnirlarda 13ta bahsda ishtirok etib, 9ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News