MYU Maunt transferining mavhumlashishi ortidan uch o'yinchiga taklif jo'natdi

Administrator
25 iyun 2023, 21:05
"Chelsi"ning rad javobi manchesterliklarni boshqa futbolchilar bilan muzokara o'tkazishiga turtki bermoqda.

"Manchester Yunayted" Niderlandiya chempionatidan ikkita futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, MYU "Brayton" a'zosiga ham taklif jo'natgan.

"Chelsi" Maunt transferini kechiktirayotgan bir paytda, MYU "Ayaks" a'zosi Muhammad Quddus, "Utrext" futbolchisi Teylor But va "Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedoga taklif jo'natdi. 

Quddus o'tgan mavsum Niderlandiya chempionatida 30 o'yinda 11 gol urgan. But esa 25 uchrashuvda 4 ta gol qayd etgan. Kaysedo esa APL o'tgan mavsumida 37 ta o'yinda bitta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ESPN