

"Express" xabariga ko'ra, shvetsiyalik futbolchi rahbariyat taklif qilgan maoshga roziligini bildirgan. U yaqin vaqtlarda jamoa bilan shartnomasini 5 yilga uzaytiradi. Shartnomani 1 yilga uzaytirishning imkoniyati ham bo'ladi.
Lindelof 2017 yilda mankunianliklar safiga o'tgandi. O'sha vaqtdan buyon u jamoasi tarkibida 48 o'yinda maydonga tushishga ulgurdi.



