MYU "Leyptsig" futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Unga shuningdek "Liverpul" va "Chelsi" qiziqmoqda

Alisher
9 fev 2021, 15:18
"Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasida markaziy himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Angliya klubi "RB Leyptsig"ning 21 yoshli himoyachisi Ibraima Konatega qiziqish bildirmoqda. Futbolchi MYU ustozi Ole-Gunnar Sulsherning mudofaani kuchaytirish uchun asosiy variantidir.

Oldinroq mutaxassis "Leyptsig"ning boshqa bir himoyachisi Dayo Upamekanoni o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, ammo "Bavariya" futbolchi uchun kurashda yetakchiga aylandi.

Konatega shuningdek "Liverpul" va "Chelsi" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Fransiya terma jamoasi futbolchisi Bundesliganing joriy mavsumida 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: independent.co.uk