MYU Kievning "Dinamo" klubi himoyachisi Mikolenkoga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
7 sen 2020, 20:38
"Manchester Yunayted" chap qanot himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida.

Manchester Evening News xabariga ko'ra, ingliz klubi Kievning "Dinamo" jamoasi futbolchisi Vitaliy Mikolenkoning o'yinidan hayratda.

Shuningdek, "qizil iblislar" "Real" chap qanot himoyachisi Serxio Regilonni kuzatib borishmoqda.

Mikolenko o'tgan mavsumda UPLda "Dinamo" uchun 23 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 5 ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News