MYU hujumchisi safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2025
"Manchester Yunayted" forvardi Joshua Zirkzee jarohat oldi.

Niderlandiyalik hujumchi Angliya Premer-ligasining 31-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi o'yinda (1:4) jarohatlandi.

Ruben Amorimning fikricha, forvard shu sabab bir nechta o'yinlarda ishtirok eta olmaydi.

23 yoshli futbolchi Italiyaning "Bolonya" klubidan 33,8 mln evro evaziga Manchester klubiga o'tgandi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 48 o'yinda 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Manchester Yunayted" 18 aprel kuni Yevropa Ligasi chorak finalida "Lion"ni qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News