

MYU “Ayaks” yarim himoyachisi Donni van de Bekni sotib oladigan bo'ldi. Qayd etilishicha, tomonlar kelishuvga erishgan. Manchester klubi Donni uchun “Ayaks”ga 40 mln evro va ma'lum miqdordagi bonuslarni to'laydi. Transfer rasman hafta so'ngiga qadar e'lon qilinadi.
23 yoshli futbolchi o'tgan mavsum “Ayaks” safida 37 ta o'yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



