

Futbolchi o'z tvitteriga: "3 kundan keyin yangi jamoamni ma'lum qilaman", deb yozib qo'ydi va akkaunti asosiy rasmiga "3 kun" yozuvi tushirilgan rasmni joyladi.

Oldinroq Saulning 150 mln evro evaziga "Manchester Yunayted"ga o'tishi deyarli aniq bo'lib ulgurgani borasida ma'lumotlar yangragandi.



