MYU darvozasiga burchak zarbasidan gol urgan futbolchi "Arsenal"ga kerak

Tolibjon Qosimov
27 dek 2024, 18:00
Kecha tunda APL 18-turi doirasida "Vulverxempton" jamoasi o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni 2:0 hisobida mag'lub etganidan xabaringiz bor.

Ana shu bellashuvda "bo'rilar" safida Mateus Kunya Andre Onana darvozasini burchak zarbasidan ishg'ol qilgan edi.

"The Telegraph" nashrining xabar berishicha, Kunya "Arsenal" qiziqish doirasiga tushgan. "Kanonirlar" braziliyalik forvardga Bukayo Saka jarohat olishidan oldinroq qiziqa boshlashgan. "Bo'rilar" esa Kunya bilan hozir xayrlashmoqchi emaslar.


Mateus joriy mavsum APLda 18ta o'yinda 10 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: The Telegraph